AsosiyJamiyat

“Yurakni madh etgan sado!”

32 yildirki, millatimizning bosh qo‘shig‘i – O‘zbekiston Davlat madhiyasi Vatanimiz ozodligi, farovonligining ifodasi sifatida yangrab kelmoqda.

'“Yurakni madh etgan sado!”'ning rasmi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida davlatimiz madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari doirasida “Yurakni madh etgan sado!” shiori ostida o‘tkazildi. 

Dastlab  Mudofaa vazirligi musiqali orkestri va xor guruhi, tadbirga yig‘ilgan barcha qatnashchilar ijrosida O‘zbekiston milliy madhiyasi yangradi. 

Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Otabek Hasanov va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov, Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod nutq so‘zlashdi.

Davlat madhiyasi har bir mamlakatning mustaqilligi, kuch-qudrati, tarixiy qadriyatlari va ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Bundan o‘ttiz uch ikki muqaddam millatimizning bosh qo‘shig‘i, madhiyamiz qabul qilingan edi. Shundan beri davlat madhiyasi Vatanimiz ozodligi, farovonligining ifodasi sifatida yangrab kelmoqda. Bu betakror taronani tinglaganda beixtiyor qalbimizda eng jo‘shqin tuyg‘ular jo‘sh uradi, – dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov. – Madhiyamizning har bir satri mustaqil Vatanimizning ma’lum bir qirrasini namoyon etadi. Unda ona diyorimizning go‘zal tabiati, xalqimizning azaliy qadriyatlari, qadimiy va boy tariximiz, bugungi kun va buyuk kelajagimiz tarannum etiladi. Zotan, har birimiz bu qo‘shiqni dilda saqlashimiz, mehr va muhabbat ila kuylashimiz, avaylab-asrashimiz zarur.    

Tadbirda so‘zga chiqqan Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev O‘zbekiston respublikasi davlat madhiyasi tarixi, uning qabul qilinishi jarayoni haqidagi xotiralarni esga oldi.  

Bugun O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi hay’ati tomonidan xorijiy mamlakatlarda turli media-iventlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonning xorijdagi madaniy merosi namunalarini har tomonlama o‘rganyapmiz. Yaqinda Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida buyuk allomalarimiz yaratib qoldirgan qo‘lyozmalar bilan tanishdik. Qizig‘i, Angliyada astronomiya fani rivojlanishiga, Londondagi Grinvich observatoriyasining bunyod etilishiga ham aynan buyuk bobomiz Mirzo Ulug‘bek yaratgan "Ziji Ko‘ragoniy" jadvali, Ulug‘bek rasadxonasida ishlatilgan asbob-uskunalar ham katta rol o‘ynagan. Bugun madhiyamiz haqida so‘z yuritganda, "ajdodlar mardona ruhi senga yor" misrasi ana shu holatni eslatdi. Biz qayerga borsak ham buyuk ajdodlarimiz ruhi, ularning xotirasi biz bilan ekanini tushunib yetdim, – deydi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijrosidagi "Har tongda yangraydi madhiyam" qo‘shig‘iga barcha ishtirokchilar jo‘r bo‘lishdi. 

"Ma’rifat karvoni” loyihasi bo‘yicha tadbirlar mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:06

    Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi

    Dastur sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, tibbiy ko'rik paytida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiradi.

    'Oʻzbekistonda infektsiya tarqalish xavfi bormi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:24

    Oʻzbekistonda infektsiya tarqalish xavfi bormi?

    Sanepidqoʻmita bu haqda xabar berdi.

    'Endi Green Card’ga ariza topshirish pulli bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:10

    Endi Green Card’ga ariza topshirish pulli bo‘ladi

    AQSH Davlat departamenti Diversity Visa (DV) ya’ni Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etilishini aytdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:30

    'Joriy yilda ichimlik suvidan qarz boʻlgan 53,5 ming isteʼmolchi tarmoqdan uzildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Joriy yilda ichimlik suvidan qarz boʻlgan 53,5 ming isteʼmolchi tarmoqdan uzildi

    Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar ortidan 76 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

    'Ўзбекистонда зилзила содир бўлди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Ўзбекистонда зилзила содир бўлди

    Avvalroq, Afgʻonistonda zilzila sodir boʻlgandi va u Oʻzbekiston hududiga ham sezilgandi.