AsosiyJamiyat

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

'Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvi 2024 yil 12 dekabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda so‘nggi oylarda iqtisodiyotda yuqori talab va narxlarga oshiruvchi bosimlarning saqlanib qolayotgani fonida inflyatsiya darajasining prognozga nisbatan sekinroq pasayishi va inflyatsion kutilmalarning yuqori shakllanayotganligi kuzatilayotgani ta’kidlangan.

"Joriy yil yakunida umumiy inflyatsiya prognoz koridorining yuqori chegaralarida bo‘lishi kutilmoqda. Inflyatsion jarayonlarni va kutilmalarni hamda o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiya darajasini 5 foizlik targetigacha pasaytirishga zamin yaratish maqsadida pul-kredit sharoitlarining qat’iyligi joriy darajada saqlab qolindi", — deya qayd etgan regulyator.

So‘nggi ikki oyda yillik inflyatsiya darajasi biroz pasayib, noyabr oyi yakunida 10 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning pasayishi, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorlashuvi hisobiga yuzaga keldi.

Markaziy bank bayonotiga ko‘ra, iqtisodiyotda shakllanayotgan yuqori iste’mol va investitsion faollik yalpi talabni qo‘llab-quvvatlashi hisobiga xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarida o‘sish xatarlari saqlanib qolmoqda.

"Aholining birlamchi ehtiyojlari doirasidagi ayrim xarajatlarning o‘zgarishi va ob-havo sovishi bilan energiya narxlari erkinlashtirilishining ikkilamchi ta’sirlari yuzaga chiqishi iqtisodiyot subyektlarining inflyatsion kutilmalarida ham namoyon bo‘lmoqda. Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mos ravishda 13,7 va 12,7 foizgacha tezlashdi", — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, so‘nggi to‘rt oy davomida bazaviy inflyatsiyaning 7,0 foiz atrofida sezilarli o‘zgarishsiz shakllanayotgani, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar bazaviy inflyatsiyasining nisbatan yuqori darajalari hamda chakana savdo va xizmatlar sohasida tushumlar hajmlarining oshib borayotgani iqtisodiyotda talab omillari ta’sirining saqlanib qolayotganligini ko‘rsatayotgani qo‘shimcha qilingan.

Yalpi talabning barqaror o‘sish sur’atlari va mehnat bozoridagi faollik ham mavjud inflyatsion bosimlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishiga ishora berayotgani aytilgan. Qayd etilishicha, iqtisodiyotda ish haqi va transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining oshib borayotgani aholi daromadlarini real hisobda oshirib, yuqori investitsion faollik sharoitida kelgusi oylarda ham yalpi talabni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

"Natijada yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2024 yilning ikkinchi yarmida ham barqaror tendensiyalarni namoyon etib, yil yakunida 6−6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Aholi real daromadlarining oshishi sharoitida iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarni samarali jilovlash yalpi talab va taklif orasidagi muvozanatni ta’minlashni, bu esa, o‘z navbatida, pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda", — deya qayd etgan Markaziy bank.

Regulyator pul bozoridagi foiz stavkalari va davlat qimmatli qog‘ozlari daromadliligi darajalari pul-kredit sharoitlari nisbatan qat’iy darajada shakllanayotganini ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. Bank tizimidagi yuqori real foiz stavkalari aholining jamg‘arishga bo‘lgan moyilligini oshirmoqda. Kreditlash sur’atlarining maqbul darajada o‘sishi va depozitlar o‘sishining yuqori sur’atlari umumiy talabni muvozanatlashtirib, inflyatsiyaga monetar omillar ta’sirini kamaytirishi kutilmoqda.

"Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda o‘rta muddatli narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha barqaror pasayishiga erishish uchun pul-kredit sharoitlarini yetarlicha qat’iy darajada shakllanishi ta’minlab boriladi. Bunda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligi, inflyatsion kutilmalar va tarkibiy islohotlar sur’atlariga alohida e’tibor qaratiladi", — deyiladi bayonotda.

Regulyator iqtisodiyotdagi joriy yuqori talab va narxlarga oshiruvchi bosimlar kelgusi choraklarda kuchayishi bo‘yicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda asosiy stavka oshirish tomonga qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:36

    'Jamoatchilik va hukumatning korrupsiyaga munosabatini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:07

    Jamoatchilik va hukumatning korrupsiyaga munosabatini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi

    Tadqiqot 500 dan ortiq so‘rov ishtirokchilarining ma’lumotlariga va 20 dan ortiq anonim davlat vazirlik va idoralari xodimlarining fikr-mulohazalariga asoslangan.

    'Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘i obodonlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2024 22:49

    Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘i obodonlashtiriladi

    Prezident qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

    '“Yurakni madh etgan sado!”'ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2024 22:25

    “Yurakni madh etgan sado!”

    32 yildirki, millatimizning bosh qo‘shig‘i – O‘zbekiston Davlat madhiyasi Vatanimiz ozodligi, farovonligining ifodasi sifatida yangrab kelmoqda.

    '“Toshkent — Xojikent — Toshkent” yangi tezyurar elektropoyezd o‘z faoliyatini boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2024 22:10

    'Timur Ishmetov Markaziy bank boshqaruv raisi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2024 17:05

    Timur Ishmetov Markaziy bank boshqaruv raisi bo‘ldi

    Prezident taqdimnomasiga muvofiq Senat qarori qabul qilindi.