AsosiyJamiyat

Avtobus yo‘laklarida harakatlanganlar uchun jarima belgilanmoqda

Endi "taksi"chilar qay tartibda ishlaydi.

'Avtobus yo‘laklarida harakatlanganlar uchun jarima belgilanmoqda'ning rasmi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan  o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun quyidagicha jarimalar nazarda kutilmoqda.

  • Birinchi marta buzganda, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima.
  • Jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima.
  • Shuningdek, yondosh hududdan chiqib, alohida ajratilgan yo‘lakni bo‘shatgan holda yo‘lning qatnov qismidan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l bermaslik holatlariga BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilash nazarda tutilmoqda.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim deputatlar jamoatchilikning fikr va e’tirozlaridan kelib chiqib, savol va takliflarni o‘rtaga tashladi.  

Taksi haydovchilari yo‘lovchi olish va tushirish jarayonida bevosita ajratilgan yo‘laklarga kirib to‘xtashi ham huquqbuzarlik bo‘ladimi?

Mutasaddisi aynan shu holatlar bo‘yicha avtoturargohlar, to‘xtash joylarini tashkil etish choralari ko‘rilayotganini qayd etdi.   

Qonunchilik palatasi Spikerining ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan kiritilayotgan qonunchilik tashabbuslarining deyarli barchasida taqiqlovchi, chegaralovchi, jazoni kuchaytiruvchi tashabbuslar bo‘layapti, liberallashtiruvchi tashabbuslar kam.

Muhokamalarda so‘z olgan deputatlar qonun loyihasi jamoat transportini rivojlantirish, jamoat transportida yo‘lovchilarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish, jamoat transporti harakati ustuvorligini hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.  

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.