AsosiyJamiyat

Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.

'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

Tuman va shahar sektorlari rahbarlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi turistik loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. Ularga Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev hamkorlik qilishdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 10 dekabr kunidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlangan bo‘lib, tadbir davlat rahbarining 2024 yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida, shuningdek, 2025 yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan rahbarlar oldida turgan vazifalarni chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan. 

Bo‘stonliqda turizmni rivojlantirishga doir o‘tgan amaliy seminar mashg‘ulotida A.Abduhakimov va U.Shadiyev ekoturizmni rivojlantirish hamda zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etishga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashib, seminar ishtirokchilariga tuman turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik mahsulotlarini ishga tushirish va zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirishdi. 

Hokimlar tumandagi “Ugam River”, “Chorvoq darvozasi” turistik majmualari, “Chinorkent” dor yo‘li hamda “Kapsula” uylarda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval davlat rahbari ushbu maskanlar bilan tanishgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollarning rasmiy kursi pastladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:01

    Dollarning rasmiy kursi pastladi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

    Chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat bo‘lganda murojaat qilish so‘ralmoqda.

    'O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 22:38

    O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi

    Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda.