AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sansiyalar kiritishga rozi bo‘ldi

Ro‘yxat 16 kishidan iborat bo‘lib, unga asosan Rossiya hamda Gruziya va Moldova fuqarolari kiritilgan.

'Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sansiyalar kiritishga rozi bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 16 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari “gibrid faoliyat” deb nomlanuvchi harakatlari uchun Rossiyaga qarshi birinchi sanksiyalar borasida kelishib olishadi. Bu haqda Polskie Radio radiostansiyasi o‘z qo‘liga tushgan hujjatga tayanib xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sanksiyalar Rossiyaning razvedka xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, ekspertlar va jurnalistlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, ro‘yxat 16 kishidan iborat bo‘lib, unga asosan Rossiya hamda Gruziya va Moldova fuqarolari kiritilgan. Sanksiyalarga duchor bo‘lgan shaxslarning ism-shariflari ularning cheklovlardan bo‘yin tovlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun oshkor etilmaydi. Ushbu cheklovlar ularning Yevropa Ittifoqiga kirishini taqiqlash, aktivlarini muzlatish va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirishini cheklashdan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, ro‘yxatga Bryusselning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropada qo‘poruvchilik faoliyati” va “dezinformatsiya tarqatish” bilan shug‘ullanuvchi uchta tashkilot ham kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan xorijdagi “gibrid harakatlar” va “saylovlarga aralashgani” uchun yangi sanksiyalar mexanizmini tasdiqladi. Ro‘yxat Rossiya Federatsiyasidan neft tashuvchi xorijiy tankerlarga qarshi choralarni nazarda tutuvchi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketi bilan deyarli bir vaqtda tasdiqlangan.

Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari 11 dekabr kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning navbatdagi paketini kelishib olgan edi. Cheklovlar Rossiya “Katta yettilik” davlatlari” va ularning hamkorlari tomonidan o‘rnatilgan eng yuqori neft narxi cheklovini chetlab o‘tish uchun yaratgan "xufyona tankerlar floti"ga qarshi kurashishga qaratilgan

Noyabr oyida Reuters agentligi sanksiyalar Rossiya uchun uchuvchisiz parvoz apparatlari ishlab chiqaradigan Xitoy kompaniyalariga ham ta’sir qilishi haqida xabar bergan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:59

    'Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:39

    Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi

    Japarovning iste’fosi butun Vazirlar Mahkamasi iste’fosiga olib kelmaydi.

    'Asad o‘zining "hashamatli" turmush tarzini ommadan yashirgan'ning rasmi

    Dunyo 14.12.2024 18:27

    Asad o‘zining "hashamatli" turmush tarzini ommadan yashirgan

    Asad oilasi “mahalliy aholi orasida ajralib turmaslikka” harakat qilgan, siyosatchining qarindoshlari “kamtarona kiyingan”, shuningdek, “oddiy mashinalar” haydagan.

    'Bayden afv etish bo‘yicha rekordga qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo 13.12.2024 12:00

    Bayden afv etish bo‘yicha rekordga qo‘ydi

    Bir kunda 1500 nafar shaxsni afv qilindi.

    'AQSH Ukrainaga yana 500 million dollarlik yangi harbiy yordam yubormoqda'ning rasmi

    Dunyo 13.12.2024 08:24

    AQSH Ukrainaga yana 500 million dollarlik yangi harbiy yordam yubormoqda

    Yordam paketiga o‘q-dorilari va tankga qarshi qurollar, dron hamda boshqa harbiy texnikalar kiradi.

    'Ukraina himoyasida 450 nafar sportchi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.12.2024 22:22

    Ukraina himoyasida 450 nafar sportchi halok bo‘ldi

    Men ulardan ba’zilarini tanirdim, deydi Vladimir Klichko.