AsosiyJamiyat

Sherlar hujumiga uchrab halok bo‘lgan erkak bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan.

'Sherlar hujumiga uchrab halok bo‘lgan erkak bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi
Bugun Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida sher hujum qilgan qorovul halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar