AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi

Harorat 5-10 daraja atrofida bo‘ladi.

'Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda  yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7°iliq, ba’zi joylarda  10° iliqqacha bo‘ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8°iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’z joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar