AsosiyJamiyat

Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi

Prezident farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

'Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasterida farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

Muloqotda davlat rahbari quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:

  •  Asaka bank va Farmatsevtika agentliga yirik mahalliy korxonalar bilan birga 2025 yilda keng iste’mol qilinadigan 200 turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hamda ishlab chiqarishni 2 barobar oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi. Bunday loyihalarga xorijdan jalb qilingan 400 mln dollar qulay shartlarda yo‘naltiriladi.
  • Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil qilinadi. Bu jamg‘arma biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlardagi loyihalarga ulush bilan kiradi, ularga katalizator bo‘ladi.
  • Sohani rivojlantirish uchun ochilgan 100 mln dollarlik kredit liniyasi lizing uchun ham beriladi.
  • Farmatsevtika sohasida yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 mln dollarlik venchur kompaniya ochiladi.
  • Yangi ishlanmalar uchun 20 mlrd so‘m grant ajratiladi. Bu olimlar yaratayotgan yangi mahalliy dori ishlanmalarini tijorat loyihasiga aylantirish va startaplar uchun yo‘naltiriladi.
  • Mahalliy farmatsevtika korxonalariga 2025 yil 1 yanvargacha berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar