AsosiyJamiyat

Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda

Bosh prokuratura hodisa bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

Avvalroq, Qarshi shahrida ota va uning uch farzandi is gazidan vafot etgani xabar qilingan edi.

Ayni paytda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Tekshirish doirasida marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi "is gazidan o‘tkir zaxarlanish"dan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.  Tekshirish davom etmoqda.  

    Boshqa yangiliklar