Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "zamon.uz" yozdi.
Chotonov 1967 yilda O‘shda tug‘ilgan. U ilgari Qirg‘izistonning Koreya Respublikasi (2011−2015) va Viyetnamdagi (o‘rindoshlik asosida, 2012−2015) favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.
U «Ata Meken» partiyasidan Jogorku Kenesh Qonunchilik assambleyasi deputati bo‘lgan. 2010 yilda muvaqqat hukumatda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajargan.
Noyabr oyida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2022 yil apreldan beri ishlab kelgan Musa Jamanbayev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.