Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yurtimizda davolanayotgan falastinlik bolalardan xabar olib, Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
“Yangi yil arafasida yurtimizda davolanayotgan falastinlik bolalardan xabar oldim. Prezidentimizning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, ular qalbida beg‘uborlik va mo‘jiza istagini saqlab qolgani chindan ham hayratlanarli. Umid qilamanki, e’tibor va mehr so‘zlari ularning ko‘nglida yorug‘ kelajakka ishonch uyg‘otadi. Ularga va jafokash Falastin xalqiga tinchlik va farovonlik tilaymiz”, deydi Prezident yordamchisi.