2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Chaqaloqlarning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
— Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
— Toshkent shahri (112 nafar),
— Samarqand viloyati (101 nafar),
— Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi. Qayd etilishicha, tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.