AsosiyDunyo

AQSHda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

Yana qirqqa yaqin odam jarohatlangan.

'AQSHda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati qurbonlari soni 15 nafarga yetdi'ning rasmi

AQSHning Nyu-Orlean shahrida noma’lum shaxs avtomobilni piyodalar ustiga haydadi. Bu haqda CBS News xabar qildi.

 Erkak mashinani shaharning mashhur sayyohlik markazi hisoblanuvchi Burbon ko‘chasida to‘plangan olomon ustiga haydagan. Shundan so‘ng haydovchi avtomobildan tushgan va qurol bilan o‘q uzishni boshlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishini, jarohatlanganlar esa 35 kishini tashkil etmoqda — CNN

Hujumda AQSH fuqarosi 42 yoshli Shamsuddin Jabbor ismli shaxs gumonlanmoqda. Jabbor 2007 yildan 2020 yilgacha AQSH armiyasida, shu jumladan, Afg‘onistonda xizmat qilgan.

AQSH Federal qidiruv byurosi fojiali hodisani “terrorchilik harakati” sifatida tekshirmoqda. FQB ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida qo‘lbola portlovchi qurilmalar aniqlangan, shuningdek, gumonlanuvchining avtomobilidan ISHID terrorchilik guruhi bayrog‘i topilgan.

    Boshqa yangiliklar