Pavel Durov Yevropa Ittifoqida Rossiya Telegram-kanallarining ommaviy bloklanishini tanqid qildi. Telegram asoschisining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kanallarga kirish Yevropa Ittifoqining sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq cheklangan.
"Ayni paytda, G‘arbning Telegram'dagi barcha media kanallari Rossiyada ochiq qolmoqda. 2025 yilda Telegram'ning rossiyalik foydalanuvchilari yevropaliklardan ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi deb kim ham o‘ylabdi dersiz?", — deb yozdi Durov.