AsosiyDUNYO

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida portlash sodir bo‘ldi

Oqibatda ayol va uning 12 yoshli qizi jarohat olgan.

'Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Arka-2 qishlog‘ida kecha, 5 yanvar kuni noma’lum maishiy qurilmaning portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda ayol va uning 12 yoshli qizi jarohat oldi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ayol uydagi eski qurilish materiallari va temir-tersaklar bo‘lgan shiypon tagini tozalayotganda noma’lum portlovchi buyum (snaryad) portlagan.

“Voqea joyi darhol huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘rab olingan, hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Portlash oqibatida ayol va uning 12 yoshli qizi shrapneldan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Har ikki jabrlanuvchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bundan tashqari, shu kuni Qirg‘iziston va Tojikiston huquq-tartibot idoralari vakillarining uchrashuvi bo‘lib, unda Tojikiston tomoniga voqea haqida ma’lumot berilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 16:38

    Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi

    Putinning aytishicha, mazkur xatni unga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ko‘rsatgan.

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:56

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:36

    'Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:55

    Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

    Qayd etilishicha, bu tashrif Si Szinpinning 2019-yildan buyon Pxenyanga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

    'AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:44

    AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

    Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning yuqori palatasi — Senat ham ma’qullashi lozim.

    'Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi'ning rasmi

    DUNYO 04.06.2026 04:24

    Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi

    Mazkur hudud Ebola virusi tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi.