Toshkent shahrida yana uchta havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatik stansiya o‘rnatildi. Bu haqda "Zamin" xalqaro fondi axborot xizmati xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, mazkur stansiyalar xalqaro fond va Gidrometeorologiya xizmati agentligining "Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi doirasida ishga tushirildi.
Loyiha boshlanganidan buyon O‘zbekistonda monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma’lumotlar bazasiga jami 19 ta avtomatik stansiya ulandi.