Yuqori martalabali shaxslarni korrupsiyaga qarshi tergov qilish boshqarmasi (CIO) 5-yanvardan 6-yanvarga o‘tar kechasi Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolni isyonkorlik bo‘yicha hibsga olish orderini ijro etishni politsiyaga topshirishga qaror qildi.
Janubiy Koreyaning Yonhap yangiliklar agentligi shu haqda xabar bergan.
Biroq, Koreya Respublikasi politsiyasi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini ijro etishni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortdi.
“Yuridik tekshiruvdan so‘ng, (biz) Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasining (qamoqqa olish orderi) qo‘llanilishini ko‘rsatuvchi bildirishnoma yuridik nuqtai-nazardan ziddiyatli mazmunga ega degan xulosaga keldik. Hisbga olish orderini ijro etish borasida Boshqarma bilan konsultatsiyalarni davom ettirishga qaror qildik», - dedi politsiyaning harbiy holat e’lon qilinishi bilan bog‘liq voqealar bilan shug‘ullanuvchi maxsus tergov guruhi rahbarining o‘rinbosari.
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasining Yun Sok Yolni hibsga olish orderining amal qilish muddati 6 yanvarda tugaydi. Boshqarma uni uzaytirish uchun sudga ariza bermoqchi.
Yun Sok Yolning advokatlari “hibsga olish orderi - yana bir qonun buzilishi” ekanligini aytishgan. Ular avvalroq Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasining ushbu mojaroli ishni tergov qilish vakolatiga ega emasligi sababli order haqiqiy emasligini iddao qilishgan edi.
Ayni vaziyatda Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi yetakchi rol o‘ynayapti. Chunki Janubiy Koreya qonunchiligiga muvofiq, agar Boshqarma rahbari talab qilsa, boshqa tergov idoralari jinoyat ishini boshqarmaga topshirishga majbur.
Boshqarma, shuningdek, isyon hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.