AsosiyDunyo

Donald Tramp Baydenni hokimiyatni topshirish jarayonini qiyinlashtirishda aybladi

Agar Tramp Bayden qarorini bekor qilmoqchi bo‘lsa, AQSH Kongressining roziligini olishga majbur bo‘ladi.

'Donald Tramp Baydenni hokimiyatni topshirish jarayonini qiyinlashtirishda aybladi'ning rasmi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenni hokmimiyatni topshirishni ataylab qiyinlashtirayotganlikda aybladi.

"U (Bayden) hokimiyatni topshirishni imkon qadar qiyinlashtirish uchun, misli ko‘rilmagan huquqiy ziddiyatlardan tortib, bema’ni farmonlar chiqarishgacha, imkoni doirasidagi hamma ishni qilmoqda —  ", — deb yozgan AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Ma’lumki, prezident Jo Bayden AQSH sohillarining 625 million akrdan (taxminan 253 million gektar) ortiq hududida neft va gazni burg‘ulash yo‘li bilan qazib olish to‘xtatilishini e’lon qilgan edi.

AQSH qonunchiligi bo‘yicha yangi kelgan prezident bu qarorni bir tomonlama osonlikcha bekor qila olmaydi. 
Bayden o‘z qarorida 1953 yildagi “Tashqi kontinental shelf yerlari haqida”gi qonunga tayangan. Bu qonun prezidentlarga burg‘ulashni taqiqlash bo‘yicha keng imkoniyatlar beradi, biroq bu taqiqni bekor qilish vakolatini bermaydi. 

Agar Tramp Bayden qarorini bekor qilmoqchi bo‘lsa, AQSH Kongressining roziligini olishga majbur bo‘ladi. 
Tramp mazkur qarordan o‘ta darg‘azab bo‘lganini yashirmayapti. U taqiqni imkon qadar tez bekor qildirishga va’da bergan.

    Boshqa yangiliklar