AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Szinpinga Tibetdagi zilzila qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Tibetning baland tog‘laridan birida zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 95 kishi halok bo‘lgan.

'Shavkat Mirziyoyev Szinpinga Tibetdagi zilzila qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Shigatsze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.

Xabaringiz bor, bugun mahalliy vaqt bilan soat 09:00 atrofida Xitoyning Nepal bilan chegarasi yaqinidagi Tibet avtonom okrugida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar