AsosiyDunyo

Isroil Turkiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

"Suriya va Turkiyadan kelayotgan tahdid Eronnikidan xavfliroq bo‘lib ketishi mumkin", deyiladi Isroil rahbariyatiga taqdim etilgan hisobotda.

'Isroil Turkiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

Isroil hukumatning Nagel qo‘mitasi Turkiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida bayonot berdi, deya xabar qildi The Jerusalem Post. 

Isroilga ko‘ra, Anqara Usmoniylar imperiyasi davridagi ta’sirini tiklashga intilayotgan bo‘lib, bu Isroil bilan mojaroga olib kelishi mumkin. Turkiya Suriyadagi kuchlar bilan ittifoq tuzishi, ular esa hududiy beqarorlikni kuchaytirish uchun vositachi sifatida harakat qilishi mumkin. 

"Suriya va Turkiyadan kelayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq bo‘lib ketishi mumkin", deyiladi Isroil rahbariyatiga taqdim etilgan hisobotda.

Isroil mudofaa budjetiga ko‘proq mablag‘ ajratish, aviatsiya, dronlar, sun’iy yo‘ldoshlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va boshqa qurol-yarog‘larni ko‘proq sotib olish taklif etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar