AsosiyDunyo

“So‘nggi to‘rt yil ichida Rossiya yanada zaiflashdi”

Jo Bayden prezident sifatida tashqi siyosat bo‘yicha so‘nggi marta bayonot berdi

'“So‘nggi to‘rt yil ichida Rossiya yanada zaiflashdi”'ning rasmi

AQSH prezidenti Jo Bayden Davlat departamentida o‘z ma’muriyati yuritgan tashqi siyosat haqida so‘nggi marta bayonot berdi.

Baydenning ta’kidlashicha, AQSH global raqobatda g‘olib kelmoqda, Amerika hozir to‘rt yil oldingiga qaraganda kuchliroq.

"Men Amerikani barcha sohalarda kuchaytirdim. Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng dinamik iqtisodiyotga ega, biz iqtisodiy qudratimizni oshirdik. Hozir AQSH har qachongidan ham qudratli", - dedi Bayden. 

Shuningdek prezident Rossiya va Ukraina masalasiga ham to‘xtaldi. 

"Putin uch kunda Kiyevni bosib olaman, deb o‘ylagandi, lekin Kiyev markazida men bo‘ldim, u emas.  Putin hali ham Ukrainani bo‘ysundira olmadi, NATO birligini buzolmadi va sezilarli hududiy yutuqlarga erisha olmadi. Putin bosqinni boshlaganda, men o‘z oldimga ikkita maqsad qo‘ydim: Ukrainaga yordam berish uchun dunyoni birlashtirish va yadroviy qurolga ega davlatlar o‘rtasida urushga yo‘l qo‘ymaslik. AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainaga yordam berishdan voz kecha olmaydi, deb hisoblayman. AQSHning Kiyevga ko‘rsatgan yordami Rossiya bilan yadro to‘qnashuvini keltirib chiqarish xavfini tug‘dirganini tan olaman. Bugun Ukraina hali ham erkin, mustaqil davlat bo‘lib qolmoqda va yorqin kelajak uchun salohiyatga ega, buni alohida ta’kidlash kerak. So‘nggi to‘rt yil ichida Rossiya yanada zaiflashdi, bunga ularning o‘zlari aybdor", - dedi Bayden. 

    Boshqa yangiliklar