AsosiyJamiyat

Turoperatorlar “Umra”ga litsenziyasi bo‘lmay turib reklamalar tarqatayotgani aniqlanmoqda

O‘nlab turoperatorlarlarga chora ko‘rildi.

'Turoperatorlar “Umra”ga litsenziyasi bo‘lmay turib reklamalar tarqatayotgani aniqlanmoqda'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallar “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi: 

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 10 ta (“MARMARA TRAVEL NAMANGAN”, “SULTAN TRAVEL 2022”, “DIYOR TOUR”, “PROFI-TRAVEL”, “ATLAS AVIA TOUR”, “MEROJ TREVEL”, “URAZOV ISLOM ULUGBEKOVICH (Ideal Travel) ”, “AL AZHAR TRAVEL”, “HIRO TRAVEL”, “MAKNOON TRAVEL” MCHJlar) turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan  moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Qo‘mitaning Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 5 ta “Safo Marva” MCHJ, “Farg‘ona Tour 2022” MCHJ, “Ziyorotul_Umra” MCHJ, Buvaydaliklar hayoti telegram kanali, “Umra Ziyorati Agentligi” MCHJlar tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi. 

Shu bilan birgalikda, 10 dan ortiq litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Qo‘mita tomonidan reklama axborotlarini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bloger “Jasjan” 5 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2025 19:53

    Bloger “Jasjan” 5 sutkaga qamaldi

    U “Hilton” mehmonxonasi oldida “salbiy qiz va salbiy bola” rolini videoga olgan.

    'Samarqandda metro quriladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2025 19:16

    Samarqandda metro quriladi

    Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgarmoqda.

    'O‘zbekistonlik avtofiribgar Istanbulda qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2025 10:38

    O‘zbekistonlik avtofiribgar Istanbulda qo‘lga olindi

    Jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

    'Elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarildi — “Issiqlik elektr stansiyalari”'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2025 09:46

    Elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarildi — “Issiqlik elektr stansiyalari”

    2024 yilda rejadagi 29,1 milliard kVt.soat elektr energiyasi o‘rniga 31,9 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

    'Bugun O‘zbekistonda quyoshli iliq kun bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2025 08:15

    Bugun O‘zbekistonda quyoshli iliq kun bo‘ladi

    Harorat janubiy hududlarda 15 darajagacha ko‘tariladi.

    'O‘zbekistonda zilzila qayd etildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2025 07:37

    O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

    Epitsentr Buxoro viloyati Qorako‘l tumani bo‘ldi.