AsosiyDunyo

Kanada nega AQSHga “savdo urushi” ochmoqchi?

Ikki mamlakatning savdo munosabatlari yomonlashmoqda.

'Kanada nega AQSHga “savdo urushi” ochmoqchi?'ning rasmi

Kanada hukumati AQSHning ehtimoliy savdo cheklovlariga javoban, ushbu mamlakat tovarlariga 105 milliard dollar miqdorida boj soliqlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, Kanada hukumati AQSHning kelajakda qo‘llash mumkin bo‘lgan cheklovlariga javob sifatida 150 milliard kanad dollariga teng (105 milliard AQSH dollari) tovarlar ro‘yxatini tayyorlab qo‘ygan. Mazkur choralar saylangan prezident Donald Tramp tomonidan Kanada mahsulotlariga nisbatan boj soliqlari joriy etilishi holatida kuchga kirishi mumkin.

 Kanadaning barcha viloyatlari bosh vazirlari AQSH savdo cheklovlariga qarshi choralar ishlab chiqish uchun hamkorlikka tayyorligini bildirishdi. Kanada hukumati har qanday cheklovlar mamlakatning iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishini qayd etib, AQSH bilan savdo munosabatlarida barqarorlikni saqlashni maqsad qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar