AsosiyDunyo

“Qora yanvar” voqealari yohud Ozarbayjonliklarning og‘riqlari

1990 yil 19 yanvardan 20 yanvarga o‘tar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqi qo‘shinlari tinch aholiga hujum qilib, yuzlab insonlarni qatl qilgan.

'“Qora yanvar” voqealari yohud Ozarbayjonliklarning og‘riqlari'ning rasmi

Qora yanvar — 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqining qo‘shin bo‘lmalari favqulodda holat e’lon qilmasdan kirib borgan, tinch aholiga hujum qilib, yuzlab tinch aholini qatl qilgan, bu hujumda ko‘pchiligi yaralangan, bedarak yo‘qolgan. Sovet qo‘shinlarining maxsus tayinlangan qismlari va ichki qo‘shinlarning yirik kontingentining Bokuni zabt etishi zulm va misli ko‘rilmagan vahshiylik sifatida baholanadi.

Favqulotda vaziyat tatbiqi alohida e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar 82 nafarni qatl qilgan, 20 nafarni esa og‘ir yaralagan edilar. Favqulodda vaziyat e’lon qilingach esa, 20-yanvarda va undan keyingi kunlarda Boku shahrida 21 kishi o‘ldirildi. Favqulodda vaziyat e’lon qilinmagan hududlarda – 25-yanvarda Neftchalada va 26-yanvarda Lenkoranda yana 8 kishi qatl qilingan. 

Qo‘shinlarning noqonuniy kirib kelishi natijasida Bokuda va Ozarbayjon rayonlarida 146 kishi o‘ldirilgan, 744 kishi yaralangan, 841 kishi noqonuniy hibsga olingan, harbiylar tomonidan 200 uy va bino, 80 avtomashina, shu jumladan, tez yordam mashinalari, yonuvchi o‘qlar chiqargan yong‘in natijasida davlat va shaxsiy mulklar yoqib yuborildi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar, shuningdek, tez yordam xizmatchilari va militsiya xodimlari bor edi. “SSSR Konstitutsiyasi, Ozarbayjon SSR Konstitutsiyasi qo‘pol ravishda buzilib, Ozarbayjon Respublikasining suveren huquqlari toptalgan edi. Avvaldan o‘ylangan va tayyorlanilgan bu tajovuzkorlik aksiyasi Ozarbayjon xalqining demokratiya va milliy ozodlik yo‘lida kurashini bo‘g‘ish, xalqni tahqirlab, unga ma’naviy zarba berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi”- deya xotirlanadi.

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi HaydarAliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birga 20-yanvar fojiasiga 35 yil to‘layotgani munosabati bilan xotira tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Ozarbayjon elchixonasining va Madaniyat markazi xodimlari, O‘zbekistonning fan, madaniyat va san’at xodimlari, diaspora namoyandalari, jurnalistlar ishtirok etishdi. 

Avvalo ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning Madaniyat markazi yodgorligi oldiga va Shahidlar bog‘iga guldastalar qo‘yildi. 

Avvalambor, marosim ishtirokchilari 20-yanvar fojiasi, Qorabog‘ urushi, bosqindan ozod etilishi bilan bog‘liq kitob ko‘rgazmasi, shuningdek fotoko‘rgazma bilan yaqindan tanishdilar.

Darakchi.uz ushbu qora kun uchun munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi.

    Boshqa yangiliklar