AsosiyJamiyat

Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

'Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar