AsosiyDunyo

Fransuz tergovchilari Bashar Asadni hibsga olishga yangi order berdi

Suriyaning sobiq rahbari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotilliklarga sheriklikda va armiya tomonidan tinch aholiga qarshi qasddan hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda.

'Fransuz tergovchilari Bashar Asadni hibsga olishga yangi order berdi'ning rasmi

Suriyaning sobiq rahbari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotilliklarga sheriklikda va armiya tomonidan tinch aholiga qarshi qasddan hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda.

Fransiya Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni 2017 yilda sodir etilgan harbiy jinoyatlar bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha hibsga olish uchun yangi order berdi.

Fransiyaning ikki tergov sudyasi Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchisi Bashar Asadni harbiy jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilib, hibsga olishga order berdi, bu Fransiya sud organlarining ikkinchi urinishi hisoblanadi.

O‘tgan yil oxirida Suriya muxolifati tomonidan tezkor hujumi natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan Asad dushanba kuni "qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni" sifatida 2017 yilda Suriyaning Dera shahrida halok bo‘lgan bomba portlashi uchun javobgar  deb topilgan.

Order 2017 yil 7 iyunda Suriya armiyasi vertolyotlari tomonidan uyi bombardimon qilishi natijasida halok bo‘lgan 59 yoshli asli suriyalik Fransiya fuqarosi va sobiq fransuz tili o‘qituvchisi Saloh Abu Nabout ishi bo‘yicha tergov doirasida berilgan.

Manbaga ko‘ra, Fransiya adliya tizimi Asad bu hujum uchun buyruq bergan va vositalarni taqdim etgan deb hisoblaydi.

Suriya armiyasining olti nafar yuqori martabali amaldori 2018 yilda boshlangan tergovda bu ish yuzasidan Fransiya hibsga olish uchun orderlarning nishoniga aylangan.

"Bu ish men va mening oilam boshidan ishongan adolat uchun uzoq davom yetgan kurashning cho‘qqisini ko‘rsatadi", dedi marhumning o‘g‘li Umar Abu Nabout.

U "sud bo‘lib o‘tishi va jinoyatchilar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, hibsga olinishi va hukm qilinishiga" umid bildirdi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:52

    Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi

    Ushbu dronlardan biri garaj kooperativi hududiga tushgan va bir nechta avtomobilga zarar yetkazgan.

    'Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:49

    Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi

    Jurnalistlar FSB bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

    'Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:45

    Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:39

    'Qarshi tibbiyot birlashmasida tenderlar bir firmaga topshirilganmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:37

    Qarshi tibbiyot birlashmasida tenderlar bir firmaga topshirilganmi?

    Holatga aniqlik kiritish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazdi.

    'Yevropada iqlim tubdan o‘zgaryaptimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:33

    Yevropada iqlim tubdan o‘zgaryaptimi?

    Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi mahalliy o‘simliklar va hayvonlar uchun katta xavf ekanini ta’kidladi.