Donald Tramp o‘z maxsus vakili Kit Kellogga Ukrainadagi urush masalasini 100 kun ichida hal qilishni topshirdi.
"Kellog buni uddalay olishiga deyarli hech kim ishonmayapti. Tramp Kellogga shunday vazifa yuklagan bo‘lsa-da, Ukrainadagi muzokaralar jarayonini shaxsan o‘zi nazorat qilishni rejalashtirmoqda", deb xabar beradi The Wall Street Journal.
OAVga ko‘ra, Rossiya bilan kelishuvga erishish Tramp tasavvur qilganidan ko‘ra ancha murakkab vazifa bo‘ladi.
"Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushni bir yo‘la tugatishni maqsad qilgan. Amerika ushbu mojaroni yakunlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi", — deya ta’kidladi AQSH Davlat kotibi Marko Rubio.