AsosiyDunyo

Turkiyada 79 kishi halok bo‘lgan mehmonxona buzib tashlanadi

Tog‘-chang‘i kurortidagi 11 qavatli mehmonxona deyarli butunlay yonib ketgan.

'Turkiyada 79 kishi halok bo‘lgan mehmonxona buzib tashlanadi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 21 yanvar kun. Turkiyaning Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi 11 qavatli mehmonxonada yirik yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda mehmonxonada 200 dan ortiq odam bo‘lgan. Yong‘in dastlab mehmonxona restoranida boshlangan, keyin alanga butun binoni qamrab olgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi. 

Hukumati yong‘in chiqqan Grand Kartal mehmonxonasini buzib tashlashga qaror qildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

O‘tkazilgan ekspertiza natijasida binoning konstruksiyalari jiddiy shikastlangani aniqlandi. 

Eslatib o‘tamiz, qurbonlar orasida hozirga qadar O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar