Joriy yilning 22 yanvar kuni xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs Rossiya IIV Samara viloyati Bosh boshqarmasi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari kuzatuvida Toshkent shahriga yetib keldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi xabar qildi.
Bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.
Bola 2023 yilda onasi bilan Rossiya Federatsiyasiga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida RF hududida bo‘lib turish qoidalarini buzilishi ortidan O‘zbekistonga yuborilgan.
Ma’lum bo‘lishicha ota-onaning hozirda qayerdaligi noma’lum.
Hozirda "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi bolani muqobil joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.