AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat ko‘tariladi

Respublikadan bir necha kunlik sovuq havo massalari chekinadi.

'Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘r, dam olish kunlari respublikamizdan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ertaga kechasi havo harorati 2-7 daraja sovuq oralig‘ida saqlanib, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, kunduzi 9-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

24-25 yanvarda bazi joylarda shamol 13-18 m/s gacha tezlikda esadi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining to‘gli hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Poytaxtda: Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0-2 daraja iliqqacha, kunduzi 11-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

    Boshqa yangiliklar