AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 70 dan ortiq attraksionlar qo‘lbola ekani aniqlandi

Respublikada joylashgan 148 ta madaniyat va istirohat bog‘larida o‘rganish olib borilgan.

'O‘zbekistonda 70 dan ortiq attraksionlar qo‘lbola ekani aniqlandi'ning rasmi

O‘zbekistondagi 70 dan ortiq park attraksionlari qo‘lbola ekani – ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi bo‘lmagani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyev ma’lum qildi. 

Ma’lum qilinishicha, respublika hududida joylashgan 148 ta madaniyat va istirohat bog‘larida o‘rnatilgan jami 2 120 ta attraksionlar o‘rganib chiqilgan bo‘lib, shundan qo‘lbola (ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi bo‘lmagan) attraksionlar 74 tani, nosoz, ishlashga yaroqsiz holatda bo‘lgan hamda faoliyati to‘xtatilgan attraksionlar 228 tani, shu kunga qadar ro‘yxatga olingan attraksionlar 1 100 tani tashkil etishi aniqlangan.

O‘tkazilgan tadbirlar doirasida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligiga oid me’yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlanib, qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 1 843 ta tavsiyaviy ma’lumotnomalar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar