AsosiyDunyo

Janubiy Koreya prezidentiga isyon keltirib chiqarganlik ayblovi e’lon qilindi

Ayni paytda Yun Sok Yolning advokatlari davlat rahbarini zudlik bilan ozod qilishni talab qilmoqda.

'Janubiy Koreya prezidentiga isyon keltirib chiqarganlik ayblovi e’lon qilindi'ning rasmi

Janubiy Koreya prezidentiga rasmiy ravishda isyon ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar qildi. 

"Prokuratura Yun Sok Yolni 3 dekabr kuni harbiy holat haqida vaqtinchalik farmon chiqarganidan keyin yuzaga kelgan isyon uchun aybdor deb hisoblamoqda", deb yozadi agentlik.

Hokimiyatdan chetlatilgan prezident 15 yanvardan beri hibsda saqlanmoqda, Janubiy Koreya parlamenti uning impichmentini qo‘llab ovoz berganidan so‘ng tergovchilar uni qo‘lga olishgan edi. 

Yun Sok Yolning advokatlari davlat rahbarini zudlik bilan ozod qilishni talab qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar