NATO’ning yuqori martabali rasmiysi Rossiya Germaniyaning qurol ishlab chiqaruvchi Rheinmetall kompaniyasi rahbari Armin Pappergerni o‘ldirishni rejalashtirganini tasdiqladi.
NATO Bosh kotibi yordamchisining innovatsiyalar, gibrid va kiber-kiber masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeyms Appaturayning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Germaniya razvedkasi tomonidan to‘xtatilgan ushbu suiqasd Rossiyaning Yevropadagi mudofaa sanoati rahbarlarini o‘ldirish rejalarining bir qismi bo‘lgan.
Bu birinchi marta NATO, nemis yoki amerikalik yuqori martabali amaldor Pappergerni o‘ldirish uchun fitna uyushtirilganining tasdiqlanishidir. 2024 yil iyul oyida jahon ommaviy axborot vositalarida bu haqdagi taxminlar keng tarqalgan edi.
“So‘nggi bir necha yil davomida biz NATO’ga a’zo mamlakatlar bo‘ylab sabotaj uyushtirish hodisalariga guvoh bo‘ldik, bu bilan men poyezdlarni relsdan chiqarish, o‘t qo‘yish, siyosatchilarning mulkiga hujum qilish, sanoat rahbarlariga suiqasd uyushtirishlarni nazarda tutyapman. Rheinmetall voqesidan boshqa suiqasdalar ham rejalashtirilgan”, - dedi Appaturay Yevropa Parlamentining gibrid urush bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida.
Appaturayning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar o‘z fitnalari uchun xodimlarni “jinoiy to‘dalar yoki asil maqsaddan bexabar yoshlar yoki muhojirlar” yordamida jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun onlayn tarzda yollashadi.
"Umuman olganda, ular qo‘pol tarzda bo‘lsada, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga putur yetkazish va vahima uyg‘otish maqsadida qilingan", - deya qo‘shimcha qildi NATO rasmiysi.
G‘arb ittifoqchilari Ukrainani yillar davomida qurol-yarog‘ bilan dastaklab keladi, chunki u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davom etayotgan keng ko‘lamli bosqinini to‘xtatishga urinmoqda.
Appaturay Yevroparlament a’zolariga Rossiyaning strategik doktrinasi siyosiy g‘alaba orqali maqsadga erishish, "qo‘lida mavjud barcha vositalardan foydalanish", jumladan infratuzilmaga zarar yetkazish yoki siyosiy aralashuvdan iboratligini ta’kidladi.
Appaturay Yevropa o‘zining “qaynayotgan qurbaqa” mentalitetidan chiqib ketishi kerakligini aytdi va o‘tgan dekabrdagi nutqida “urush davri tafakkuriga” o‘tish vaqti kelganini aytgan NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening fikrini takrorladi.
“Bosh kotib o‘zining birinchi nutqida bizga urush mentaliteti kerakligini, shu jumladan, barcha mamlakatlarimizga qarshi doimiy va kuchayib borayotgan beqarorlik kampaniyasi borligini aytdi. Sabotaj ham shular jumlasidan, ”, degan Appaturay tinglovdan keyin Politico nashriga bergan intervyusida.
Abdulloh Sayyid