AsosiyDunyo

Yahudiylar davlati falastinliklarga yordam berayotgan BMT tuzilmasi UNRWA'ni yopishni buyurdi

Shuningdek, ular tashkilot vakillari bilan aloqalarni uzishni va uning faoliyatini Isroil hududida taqiqlashni e’lon qildi.

'Yahudiylar davlati falastinliklarga yordam berayotgan BMT tuzilmasi UNRWA'ni yopishni buyurdi'ning rasmi

UNRWA yopilishi arafasida, Isroilning bu boradagi qarorini bekor qilishga qaratilgan so‘nggi urinishlar samara bermadi. The Guardian nashri shu haqda xabar bergan.

Avvalroq Isroil UNRWA - Quddusda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligining Isroil hududidagi barcha ofislarini yopish uchun 48 soat vaqt bergan edi. 

Yahudiylar davlati UNRWA’ning barcha ofislarini yopishni, tashkilot vakillari bilan aloqalarni uzishni va uning faoliyatini Isroil hududida taqiqlashni e’lon qildi.

Isroil armiyasi vayron qilgan G‘azo sektori va uning shunday ham ochlik, tutqunlik va kasalliklarga mahkum qilingan aholisi mazkur agentlik yopilishidan keyin battar qiyinchiliklar girdobida qoladi. Bu agentlikda ishlovchi taxminan 30 000 kishi ham ishsiz qolishi mumkin.

Falastinliklarga xizmat ko‘rsatuvchi asosiy BMT agentligi – UNRWA G‘azo va boshqa Isroil bosib olgan hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan edi. U keng xalqaro qo‘llab-quvvatlovga qaramay, Isroilning taqiqlovi sababli bugun – 30 yanvar kuni batamom yopilishi kutilmoqda. UNRWA bu qarorni “G‘azoni tiklash va siyosiy o‘tish jarayonini sabotaj qilish” sifatida baholadi.

UNRWA’ning taqiqlanishi aniq bo‘lib, Isroil Oliy sudi agentlikning mamlakatdagi faoliyatini taqiqlovchi qonunni bekor qilish bo‘yicha so‘nggi daqiqadagi iltimosni rad etgan.

UNRWA yopilishi ortidan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Donald Trampning G‘azo falastinliklarini Misr va Iordaniyaga “tozalash” haqidagi taklifini keskin rad etdi va buni “adolatsizlik” deb atadi.

Isroil UNRWA bilan aloqalarni uzadi

Isroil Tramp ma’muriyatining qo‘llab-quvvatlashi bilan UNRWA bilan aloqalarni uzish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror ko‘plab xalqaro insonparvarlik tashkilotlari va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan keskin qoralandi. Guterrish Isroilni bu buyruqni bekor qilishga chaqirdi va UNRWA’ning “o‘rnini bosuvchi” tuzilma yo‘qligini ta’kidladi.

UNRWA G‘azoda urush boshlanganidan beri yetib kelgan oziq-ovqat yordamining taxminan 60%ini ta’minlab kelgan.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi asirlar almashinuvi

UNRWA yopilishidan so‘ng, HAMAS tomonidan G‘azoda ushlab turilgan uch nafar isroillik ozod qilinishi kutilmoqda. Yahudiylar davlati armiyasi askari Agam Berger va garovga olingan ikki fuqaro Arbel Yehud va Gadi Mozes ushbu ro‘yxatda. Ular 110 nafar falastinlik mahbuslar bilan almashtiriladi.

80 yoshli Gadi Mozes hozirgi bitim  doirasida ozod qilinadigan ilk erkak fuqarolik asiri bo‘ladi. Shuningdek, HAMAS tomonidan ushlab turilgan besh nafar tTailand  fuqarosi ham ozod qilinishi mumkin.

Falastinlik mahbuslarni himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ozod qilinadigan 110 falastinlik orasida 30 nafar yoshlar ham bor. Ular orasida mashhur ozodlik kurashchilaridan biri, sobiq teatr rejissyori va 2021 yili Isroilning eng yuqori darajadagi qo‘riqlanuvchi qamoqxonasidan qochishga muvaffaq bo‘lgan Zakariya Zubaydiy ham bor.

UNRWA’ning yopilishi va uning mintaqadagi vaziyatga ta’siri

Isroil bu hafta BMTga agentlikning yopilishi haqida rasmiy xabar berdi. Isroil elchisi Dani Danonning ta’kidlashicha, 48 soat ichida Isroil UNRWA bilan hamkorlikni to‘xtatadi.

Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosning vakili bu qarorni “provokatsiya” deb atadi va bu mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishini ta’kidladi.

UNRWA 1949 yilda tashkil topgan bo‘lib, Isroilning tashkil topishi oqibatida qochqinga aylangan yuz minglab falastinliklarga yordam berish uchun tuzilgan. Shundan beri u millionlab falastinlik qochqinlarga yordam berib kelmoqda.

UNRWA yillar davomida Isroil tanqidiga duch kelgan. Isroil rasmiylari agentlik falastinlik qochqinlar muammosini doimiy saqlab qolishga xizmat qiladi, deb hisoblashadi. Yaqinda Isroil agentlik xodimlaridan bir nechtasi HAMASning 7 oktyabrdagi hujumida ishtirok etganini da’vo qildi.

UNRWA haqidagi bahslar

Chorshanba – 29 yanvar kuni, UNRWA taqiqlanishi arafasida, Isroil rasmiylari agentlikning HAMAS bilan aloqasini isbotlash uchun qalbaki dalillar keltirib isbotlashga ancha urindi. Garchi Isroil hukumati vakili Devid Menser “UNRWA – bu HAMAS” degan bayonot bergan bo‘lsada, lekin bu da’voni tasdiqlovchi aniq dalillar keltira olmadi.

Fransiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna tomonidan olib borilgan tekshiruvlar agentlikda “betaraflikka oid ba’zi muammolar” borligini tasdiqladi, biroq Isroilning UNRWA aniq HAMAS a’zolari bilan aloqa qilgani haqidagi da’volar tasdiqlanmadi.

UNRWA rahbari Filippo Latssarinining bayonoti

UNRWA rahbari Filippo Latssarini BMT Xavfsizlik Kengashida chiqish qilib, agentlikni yopish qarori xavfli ekanini ta’kidladi:

“UNRWA G‘azoda eng yirik BMT muassasasi bo‘lib, 13 000 xodimi va 300 ta binosi bor. Agentlik aholi va sulh jarayonini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Ammo ikki kun ichida biz G‘azoda faoliyat yuritish imkoniyatidan mahrum bo‘lamiz.”

“Bu qaror millionlab falastinliklarning taqdiriga, sulh jarayoniga va mintaqa xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.”

“Isroilning agentlikka qarshi siyosati falastinliklarning qochqin maqomini yo‘q qilishga va ularning tarixiy haqlarini inkor etishga qaratilgan.”

Ta’kidlash lozim, Isroilning ushbu gumanitar tashkilotni yopishi ortida shaxsan AQSH preizdenti Donald Trampning dastaklashi turgani aytilmoqda. Tramp hokimiyatga kelgach, Isroilni har tomonlama va kuchli qo‘llab quvvatlashga va’da bergan. Bu va’dalar asta-sekin amalga osha boshladi. Xususan yangi Amerika ma’muriyati Isroilga og‘ir bombalarni yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi. Hatto Tramp falastinliklarni mintaqdaan ko‘chirib, boshqa arab davlatlari – Misr va Iordaniya hududiga joylashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Ularga AQSH uy qurib berishini ham taklif qildi. Bu taklif Yahudiylar davlatining hududdan falastinliklarni chiqarib yuborib, kelgindi yahudiylarni ko‘chirib kelish rejalariga to‘la mos keladi. 

Misr prezidenti Sisining bayonoti

Misr prezidenti as-Sisi Trampning G‘azo falastinliklarini Misr va Iordaniyaga ko‘chirish taklifini keskin rad etdi.

“Falastinliklarni majburan ko‘chirish Misr milliy xavfsizligiga tahdid soladigan xatti-harakatdir. Biz bunday adolatsio‘likda qatnashmaymiz,” – dedi Sisi.

Ekspertlarning aytishicha, bundan buyon Isroilning bunday aksilinsoniy qadamlari yanada ko‘payadi va kuchayadi. Chunki AQSH qo‘llab-quvvatlashda davom etar ekan, Isroil xohlagan jinoyatini qilish imkoniyatiga ega. Hozircha bu dunyoda Isroilni ushbu jinoyatlari uchun jazolay oladigan va uning agressiv-militaristik va istilochilik ishtahasini jilovlay oladigan hech bir kuch yo‘q. 

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urush tugashi bilan Rossiya gaziga qaytishni mo‘ljallamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 22:56

    Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urush tugashi bilan Rossiya gaziga qaytishni mo‘ljallamoqda

    Rossiya gazini sotib olish Yevropadagi yuqori energiya narxlarini tushirishga yordam beradi.

    'Dunyoda egizaklar tug‘ilishi ko‘payib bormoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:35

    Dunyoda egizaklar tug‘ilishi ko‘payib bormoqda

    Olimlar buning sababini tushuntirishdi.

    'Suriya yangi hukumati Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni talab qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:59

    Suriya yangi hukumati Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni talab qildi

    Bashar Asad Suriyani tark etgach, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uning prezidentlikdan ketganini e’lon qilgandi.

    'Hindistondagi diniy festivalda 40 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:15

    Hindistondagi diniy festivalda 40 kishi halok bo‘ldi

    Tiqilinch oqibatida 60 kishi jarohatlanganiga qaramay, festival davom etgan.

    'Tramp AQSHdagi barcha falastin tarafdorlari bo‘lgan xorijliklarni, jumladan talabalarni ham, deportatsiya qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolamoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:57

    Tramp AQSHdagi barcha falastin tarafdorlari bo‘lgan xorijliklarni, jumladan talabalarni ham, deportatsiya qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolamoqchi

    Tramp federal idoralarga antisemitizmga qarshi kurashish uchun mavjud “barcha fuqarolik va jinoiy vakolatlarni” aniqlashni buyuruvchi farmonga imzo chekdi.

    'AQSHda yo‘lovchi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib, qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:35

    AQSHda yo‘lovchi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib, qulab tushdi

    Samolyot bortida 64 nafar odam bo‘lgan, qidiruv ishlari olib borilmoqda