AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 78 mln so‘mgacha oshirildi

Tartib 2025 yil 1 maydan kuchga kiradi.

'O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 78 mln so‘mgacha oshirildi'ning rasmi

2025 yilning 1 mayidan elektromobillar uchun 45 mln so‘mdan 78,7 mln so‘mgacha utilizatsiya yig‘imi undiriladi. Bu bo‘yicha hukumat qarori e’lon qilindi. 

Qarorga ko‘ra:  

- 3 yildan kam bo‘lgan elektromobillar uchun yig‘im 120 BHM (45 mln so‘m);

- 3 yildan oshgan elektromobillar uchun — 210 BHM (78,75 mln so‘m).

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2 oy ichida yig‘imlarni yig‘ish va ularning samarali taqsimotini ta’minlovchi mexanizmni ishlab chiqadi.  

    Boshqa yangiliklar