AsosiyJamiyat

Nukusdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni urdi

Holat prokuratura tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

'Nukusdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni urdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida joylashgan xususiy bog‘chada tarbiyachi bolalarga urgani aks etgan videolar tarqalmoqda. 

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, videolavhadagi holat 2024 yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan hususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S. tomonidan sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. 

    Boshqa yangiliklar