AsosiyDunyo

Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Astraxan viloyatiga hujum qildi

Mudofaa qo‘shinlari Ukraina uchuvchisiz samolyotini urib tushirgan.

'Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Astraxan viloyatiga hujum qildi'ning rasmi

Rossiyaning “Izvestiya” nashri yozishicha, Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlarining Astraxan viloyati shimoliga hujum qilishga urinishini bartaraf etgan.

Bir qator manbalarning xabar berishicha, Ukraina qurolli kuchlari Astraxan viloyati shimoliga hujum qilishga urindi. “Qurbonlar yo‘q”, deya xabar bergan Axtubinskiy tumani ma’muriyati o‘zining Telegram-kanalida.

Joriy yilning 6 fevralga o‘tar kechasi Axtubinskiy tumanida, shuningdek, Znamenskning yopiq ma’muriy-hududiy tuzilmasida havodan hujum xavfi e’lon qilingan.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Astraxan viloyati osmonida Ukraina uchuvchisiz samolyotini urib tushirgan. 

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar