AsosiyJamiyat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga yangi raisi saylandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

'Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga yangi raisi saylandi'ning rasmi

Unda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisligiga Otabek Sobitov nomzodi ko‘rib chiqildi va ko‘pchilik ovozi bilan saylandi.

Tayinlovga qadar u Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari - O‘zLiDeP yoshlar guruhi raxbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilib, bugungi kunda esa Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonunlarni yoshlar orasida targ‘ib qilish orqali ularning jamiyat hayotiga daxldorligini kuchaytirish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim institut sifatida shakllandi.

    Boshqa yangiliklar