AsosiyDunyo

AQSH Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar kiritdi

Bunda sudning AQSHdagi vakillariga tegishli mol-mulklar bloklanadi, XJS xodimlari va ularning oila a’zolariga AQSHga kirish taqiqlanadi.

'AQSH Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar kiritdi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH fuqarolari va Isroil kabi AQSH ittifoqchilariga nisbatan olib borilayotgan tergovlar tufayli Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqdagi xabar 6 fevral kuni Oq uy saytida e’lon qilindi.

Unda aytilishicha, XJS "o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilib, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga asossiz orderlar bergan".

Trampning farmonida aytilishicha, AQSH ham, Isroil ham Xalqaro jinoiy sud a’zosi emas va Rim statutini imzolamagan. "Ikkala davlat ham hech qachon XJS yurisdiksiyasini tan olmagan va ikkala davlat ham urush qonunlariga qat’iy rioya qiladigan armiyalarga ega gullab-yashnayotgan demokratiyadir", — dedi Tramp.

Farmonga ko‘ra, Xalqaro jinoiy sudning AQSHdagi mansabdorlariga tegishli mol-mulklar bloklanadi, XJS xodimlari va ularning oila a’zolariga Qo‘shma Shtatlarga kirish taqiqlanadi. Farmon sudga qilinajak har qanday ko‘maklarni taqiqlaydi. AQSH hozircha sanksiyalar kimlarga nisbatan qo‘llanishini e’lon qilmadi.

    Boshqa yangiliklar