Angliyada yana Qur’onni yoqib yuborishdi.
Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahridagi Turkiya elchixonasi oldida noma’lum shaxs Qur’oni Karimni yoqib yubordi. Turkiyaning HURRIYET gazetasi shu haqda yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Qur’onni yoqqan erkak bu ishni “Erdo‘g‘onning “mamlakatni radikal islomchilar bazasiga aylantirayotgan” siyosatiga norozilik” sifatida amalga oshirayotganini aytgan. Aksiyani bir o‘tkinchi to‘xtatib qolgan. U olovni o‘chirgan va Qur’onni yoqqan shaxsga pichoq urgan.
Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilgan, hujum qilgan shaxs esa politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda, ushbu harakatni amalga oshirgan shaxsga pichoqli bir odam hujum qilgani ko‘rinadi. Kadrlarda hujum qilgan shaxs qo‘lidagi kitobni olib, uni yoqmoqchi bo‘lgan shaxsga tuflagani aks etgan. Hodisa joyiga tez yordam va politsiya xodimlari yetib kelgani ma’lum qilingan.
Abdulloh Sayyid