Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni Termiz shahrida yashovchi 27 yoshli ayol 102 raqami orqali, ko‘chada noma’lum fuqarolar janjal qilayotganlari haqida Termiz shahri IIBga murojaat qilgan.
Chaqiruv bo‘yicha soat 09:30 larda voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori, arizachining xonadonida tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirayotgan bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu vaqtda xonadonda ayoldan tashqari uning onasi va farzandlari bo‘lgan.
Tashqaridan arizachining 29 yoshli turmush o‘rtog‘i kelib, noma’lum sabablarga ko‘ra janjal ko‘tarib, profilaktika inspektoriga kuch ishlatgan.
Hozirda fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv o‘tkazilmoqda.