AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahriga yetib bordi

Davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

'Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahriga yetib bordi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi.Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara o‘tkazadilar. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"O'rikzor"da mushtlashuv yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:15

    "O'rikzor"da mushtlashuv yuz berdi

    Odamlar bir-biriga nisbatan kuch ishlatgani, temir jism va toshlar bilan hujum qilgani aniqlandi.

    'Bugun o'zgaruvchan havo bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:53

    Bugun o'zgaruvchan havo bo'ladi

    15 fevral kuni yog‘ingarchiliksiz, tumanli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

    'Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.02.2026 16:41

    Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi

    Peshku tumanidagi oshxonalarning birida Instagram uchun sahnalashtirilgan videoda fuqaro oyog‘idan osib qo‘yilgan, "qassob" ro‘lidagi shaxs esa uning atrofida pichoq charxlab turgani aks etgan.

    'Pensiya jamg'armasi pensionerlarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.02.2026 15:45

    Pensiya jamg'armasi pensionerlarni ogohlantirdi

    Firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirmoqda.

    'Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.02.2026 14:34

    Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi

    Skanner orqali o‘tkazilgan ko‘rikda ayolning ichki a’zolariga 3 dona o‘ram, erkakning ichki a’zolariga esa 4 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi.