AsosiyJamiyat

Fransiyadagi nufuzli shaharsozlik forumida ilk bor O‘zbekiston ishtirok etmoqda

Kann shahrida dunyoning eng nufuzli ko‘chmas mulk va investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.

'Fransiyadagi nufuzli shaharsozlik forumida ilk bor O‘zbekiston ishtirok etmoqda'ning rasmi

2025 yil 11-14 mart kunlari Fransiyaning Kann shahrida dunyoning eng nufuzli ko‘chmas mulk va investitsiya forumi — MIPIM 2025 bo‘lib o‘tmoqda.  Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent direksiyasi matbuot xizmati xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu yirik anjumanda O‘zbekiston ilk bor Yangi Toshkent loyihasi bilan ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha mamlakatimizning urbanizatsiya va barqaror rivojlanish borasidagi ambisiyalarini xalqaro maydonda taqdim etish uchun muhim imkoniyatdir.

MIPIM — global investitsiya va shaharsozlik maydoni

MIPIM 1990 yildan buyon har yili tashkil etilib, bugungi kunda ko‘chmas mulk va shaharsozlik sohasidagi eng yirik tadbirlardan biriga aylangan. Bu yerda dunyoning yetakchi investorlari, developer kompaniyalari, arxitektorlar va shahar boshqaruvi mutaxassislari o‘z loyihalarini taqdim etadi.

MIPIM 2024 yilgi forumida 90 dan ortiq davlatdan 21 000 dan ziyod ishtirokchi, 2 500 ta kompaniya va 6 000 nafar investor qatnashgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkichlar yanada oshishi kutilmoqda.

Yangi Toshkent MIPIM 2025 doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi maxsus stend bilan ishtirok etmoqda. Ushbu pavilyonda Yangi Toshkent shahrining birinchi bosqich maketi, loyiha bo‘yicha batafsil taqdimot materiallari hamda shaharsozlik rejalari namoyish etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar