AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Muzokaralar Ukraina dronlarining Moskva shahri va viloyatiga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlaridan bir necha soat o‘tgach boshlandi.

'Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi'ning rasmi

Ukraina dronlarining Moskva shahri va viloyatiga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlaridan bir necha soat o‘tgach, Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi.

AQSH va Ukraina delegatsiyalari bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida, Ritz-Carlton mehmonxonasida tinchlik muzokaralarini boshladi. Muzokaralarda Kiyev nomidan Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etmoqda. Vladimir Zelenskiy muzokaralarda qatnashmayapti.

AQSH delegatsiyasiga AQSH davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qilmoqda, u muzokaralardagi eng yuqori martabali Amerika vakili hisoblanadi. Shuningdek, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Uols ham delegatsiya tarkibidi.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andriy Yermak muzokaralar davom etayotgan suratlarni "X" ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyalar Jiddada "faol ish boshlagan".

Keyingi bayonotida u muzokaralar "juda konstruktiv tarzda" boshlanganini ta’kidladi.

AQSH vakillari Ukraina tinchlikka erishish uchun "murakkab qadamlar" tashlashga tayyormi-yo‘qmi" ekanligini bilib olishni istamoqda.

Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi. U bugungi muzokaralarda ishtirok etayotgani bilan birga, o‘tgan oy Riyozda Amerika va Rossiya vakillari o‘rtasida bo‘lgan muzokaralarda ham qatnashgan.

Rubio jurnalistlarga, agar Ukraina va AQSH o‘zaro kelishuvga erisha olsa va bu Donald Tramp uchun maqbul bo‘lsa, AQSH yangi ma’muriyati tinchlik muzokaralarini jadallashtirishi mumkinligini bildirdi.

"Biz bu yerdan shunday xulosa bilan chiqishimiz kerakki, Ukraina ham, Rossiya ham urushni tugatish uchun og‘ir qarorlar qabul qilishga tayyor bo‘lishi lozim", — dedi u.

Rubio Ukrainaga hech qanday shart qo‘ymasligini, ammo Kiyev qay darajada tayyor ekanligini bilib olish muhimligini qayd etdi.

"Biz ular qanchalik yo‘lga tayyor ekanligini tinglaymiz va buni rossiyaliklar talablari bilan solishtiramiz. Ana shunda biz haqiqiy farqni aniq ko‘ra olamiz."

Muzokaralar oldin Rubio “Ukraina hududlarini qaytarib olishi imkonsizligi, ayrim hududiy vozkechishlarga tayyor turishi kerakligi” haqida bayonot bergan edi.

Ikki yuqori martabali ukrain manbasiga ko‘ra, Kiyev muzokaralarda Qora dengizda va uzoq masofaga uchadigan raketalardan zarba berish bo‘yicha vaqtinchalik o‘t ochishni taklif qiladi.

Shuningdek, muzokaralarga asirlarni almashish masalasi ham kiritilgan.

Associated Press agentligiga ko‘ra, Ukraina muzokaralar doirasida AQSH bilan strategik muhim minerallar bo‘yicha kelishuv imzolashga ham tayyor.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andriy Yermak Telegram sahifasida Ukraina "urushni tugatish bo‘yicha aniq konsepsiya" bilan muzokaralarga kirishganini ma’lum qildi.

Kiyev, shuningdek, AQSHni o‘tgan haftada to‘xtatilgan harbiy yordam va razvedka ma’lumotlari almashish jarayonini qayta tiklashga undamoqchi.

AQSH davlat kotibi Marko Rubio ta’kidlashicha, agar Ukraina tinchlik jarayoniga qat’iy kirishishni va’da qilsa, bu ikki masala qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

"Yordam to‘xtatilgani sababi — biz Ukraina muzokaralarga jiddiy yondashmayapti, deb hisoblagan edik. Agar bu o‘zgarsa, AQSH siyosati ham o‘zgarishi ehtimoli yuqori."

Rubio muzokaralardan katta natija kutayotganini va tinchlik jarayonida yangi bosqichga o‘tishga umid qilayotganini qo‘shimcha qildi. "Men umid qilamanki, ertaga yaxshi muzokaralar o‘tkazamiz va vaziyatni boshqacha nuqtayi nazardan ko‘rib chiqamiz.", degan AQSH Davlat kotibi.

Tak’idalsh kerak, AQSH rasmiylari Kiyevning chaqiriqlariga qaramay, Ukrainaning 2014 yoki 2022 yillardagi chegaralarni tiklash talablarini muhokama qilishni istamayapti.

Muzokaralar davom etmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:40

    Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi

    Endi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani ham bunga ko‘ndirishi kerak.

    'Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 21:09

    Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi

    Jangarilar poyezd yo‘lovchilarini garovga olganliklarini iddao qilib, o‘z talablari bajarilmasa, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

    'Eronda yana bir yirik neft koni topildi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 18:46

    Eronda yana bir yirik neft koni topildi

    Eron 200 milliard dollar qiymatga ega, 3 milliard barrel neft zaxirasiga ega kon topdi.

    'AQSHda tibbiy vertolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 15:43

    AQSHda tibbiy vertolyot halokatga uchradi

    Bortdagi uchuvchi va ikki nafar shifoxona xodimi halok bo‘ldi.

    'O‘zbek elitasi xorijdan uy sotib olishda peshqadam'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2025 23:07

    O‘zbek elitasi xorijdan uy sotib olishda peshqadam

    2024 yil sentyabr oyidan boshlab xorijliklarning Rossiyadagi uy-joylar sotib olish ko‘lami oshgan.

    'Kiyev AQSHga yordamni va razvedka ma’lumotlarini berishni tiklash evaziga qisman otashkesimni taklif qiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2025 20:05

    Kiyev AQSHga yordamni va razvedka ma’lumotlarini berishni tiklash evaziga qisman otashkesimni taklif qiladi

    Kiyev AQSH qo‘llab-quvvatlashini tiklash uchun uzoq masofaga zarba berish va Qora dengizdagi harbiy harakatlarni cheklashni taklif qilishni rejalashtirmoqda.