AsosiyDunyo

Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi

Jangarilar poyezd yo‘lovchilarini garovga olganliklarini iddao qilib, o‘z talablari bajarilmasa, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

'Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi'ning rasmi

Pokistonda «Belujiston ozodlik armiyasi» separatistlari ichida 400 nafarga yaqin odam bo‘lgan yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi. Jangarilar poyezd yo‘lovchilarini garovga olganliklarini iddao qilib, o‘z talablari bajarilmasa, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

Hujum Jaffar Express kompaniyasiga tegishli poyezdga qilindi. U Kvetta shaxridan Ravalpindiiga yo‘l olgan bo‘lib, hodisa mamlakatning janubi–g‘arbida, Belujiston viloyatida sodir bo‘lgan.

Jangarilar harakatlari natijasida poyezd harakatlanishi to‘xtatilgan. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, tarkib hozirgi vaqtda tonnel ichida turibdi. AFP agentligi esa politsiya vakillariga tayanib, poyezdning tog‘li hududda tonnelga kirishidan oldin to‘xtatilganini xabar qildi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan hudud yaqinida portlash va o‘q ovozlari eshitilgan. Mahalliy hokimiyatlar ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd to‘xtatilgan hududda mobil aloqa va internet yo‘q.

Belujiston ozodlik armiyasi bayonotida aytilishicha, jangarilar poyezddagi yo‘lovchilar bilan birga hujumga qarshi chiqqan kuchlarni ham garovga olgan. Ular, agar politsiya va harbiylar ortga chekinmasa, garovdagilarni o‘ldirishini bildirdi.

Vlasti hozircha garovga olinganlar haqida rasmiy tasdiq bermadi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, otishma vaqtida poyezd mashinisti yaralangan.

Hukumat vakillariga ko‘ra, hujum sodir bo‘lgan hududga qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari yuborilgan. Belujiston hukumati vakili mahalliy Dawn nashriga bergan intervyusida harbiylar va jangarilar o‘rtasida shiddatli otishma ketishayotganini ma’lum qilgan.

Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Nakvi poyezdga hujumni keskin qoralab, hukumat «beayb yo‘lovchilarga o‘q uzgan vahshiylarga imtiyoz bermasligini» ta’kidladi.

Ma’lumki, «Belujiston ozodlik armiyasi» 1970-yillarning boshlarida tashkil topgan separatistik guruh bo‘lib, Belujistonning mustaqilligini tan olish va mintaqaning barcha resurslarini to‘liq nazorat qilishni talab qiladi. U AQSH, Britaniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan.

O‘tgan yili AOB jangarilari Belujiston viloyatida bir qator qo‘rqinchli teraktlarni amalga oshirgan.

2024 yil noyabr oyida jangarilar Kvetta temir yo‘l bekatida poyezdni portlatib yuborgan, natijada o‘nlab odam halok bo‘lgan, yana o‘nlab odam yaralangan edi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:40

    Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi

    Endi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani ham bunga ko‘ndirishi kerak.

    'Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 19:58

    Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi

    Muzokaralar Ukraina dronlarining Moskva shahri va viloyatiga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlaridan bir necha soat o‘tgach boshlandi.

    'Eronda yana bir yirik neft koni topildi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 18:46

    Eronda yana bir yirik neft koni topildi

    Eron 200 milliard dollar qiymatga ega, 3 milliard barrel neft zaxirasiga ega kon topdi.

    'AQSHda tibbiy vertolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 15:43

    AQSHda tibbiy vertolyot halokatga uchradi

    Bortdagi uchuvchi va ikki nafar shifoxona xodimi halok bo‘ldi.

    'O‘zbek elitasi xorijdan uy sotib olishda peshqadam'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2025 23:07

    O‘zbek elitasi xorijdan uy sotib olishda peshqadam

    2024 yil sentyabr oyidan boshlab xorijliklarning Rossiyadagi uy-joylar sotib olish ko‘lami oshgan.

    'Kiyev AQSHga yordamni va razvedka ma’lumotlarini berishni tiklash evaziga qisman otashkesimni taklif qiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2025 20:05

    Kiyev AQSHga yordamni va razvedka ma’lumotlarini berishni tiklash evaziga qisman otashkesimni taklif qiladi

    Kiyev AQSH qo‘llab-quvvatlashini tiklash uchun uzoq masofaga zarba berish va Qora dengizdagi harbiy harakatlarni cheklashni taklif qilishni rejalashtirmoqda.