Tramp AQSH viskisiga qo‘yilgan tariflarga javoban Yevropa spirtli ichimliklariga boj belgilash bilan tahdid qildi.
"Dunyodagi eng tajovuzkor soliq hamda tarif tuzilmalaridan biri bo‘lgan Yevropa Ittifoqi, faqatgina AQSHdan foydalanish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, yaqinda viski spirtli ichimliklariga 50 foizlik bojni joriy qildi. Agar bu tarif zudlik bilan bekor qilinmasa, Qo‘shma Shtatlar tez orada Fransiya va Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa davlatlardan keltirilayotgan barcha vino, shampan va alkogol mahsulotlariga 200 foizlik tarif joriy etadi. Bu AQSHdagi vino va shampan biznesi uchun ajoyib yangilik bo‘ladi", – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.