AsosiyJamiyat

Avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilar 375 ming so‘mdan 1 mln 125 ming so‘mgacha jarima to‘laydi

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

'Avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilar 375 ming so‘mdan 1 mln 125 ming so‘mgacha jarima to‘laydi'ning rasmi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda tirbandlik masalasi aholi uchun, ayniqsa, poytaxtimizda eng dolzarb muammoga aylanmoqda. So‘nggi 2-3 yilda Toshkent shahrida 7-9 ballik tirbandliklar har kuni kuzatilayotgan bo‘lsa, ayrim vaqtlarda mazkur holat 10 ballgacha ko‘tarilmoqda. Bu esa yo‘llarda asabiy va ziddiyatli holatlariga, yo‘lovchi hamda haydovchilarning soatlab vaqt sarflashiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois yo‘llarda tirbandlikni kamaytirish hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida jamoat transportiga ustuvorlik berish yo‘nalishida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Biroq qonunchilikdagi bo‘shliqlar jamoat transportidan foydalanishning samaradorligini jiddiy pasayishi, qatnov muntazamligi va jamoat transportining erkin harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shahar avtomobil yo‘llarida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar ajratilib, boshqa transport vositalarining harakati taqiqlangan bo‘lsa-da, ularning ushbu yo‘laklarda harakatlanish davom etmoqda.

Amaldagi qonunchilikda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlangan transport vositalari haydovchilari uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, haydovchilarning transport vositalarini velosiped yo‘laklari, trotuarlar hamda yashil hudud maydonlarida boshqarishi ko‘plab kuzatilmoqda va ushbu hududlarda harakat qatnashchilarining xavfsizligini ishonchli ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri noqonuniy ravishda sun’iy to‘siqlar o‘rnatish, yo‘lni to‘sib qo‘yish holatlaridir.

Fuqarolar o‘z yashash hududlaridagi ko‘chalarda noqonuniy ravishda sun’iy to‘siqlar o‘rnatishi, yo‘lni to‘sib qo‘yish orqali harakatlanishni cheklagan holda aholiga shoshilinch xizmat ko‘rsatuvchi hamda maxsus transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qilmoqda.

Bu boradagi muammolarni hal etish maqsadida ishlab chiqilgan mazkur Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 1287-modda kiritilib, jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Jumladan, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi nomlanishi va birinchi qismi dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etilmoqda.

Endilikda haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Sentorlar ta’kidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga, yo‘llarda jamoat transporti harakatlanishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga xizmat qiladi.

Muhohamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 29 darajaga ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:07

    Bugun O‘zbekistonda harorat 29 darajaga ko‘tariladi

    Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    'Toshkentdagi restoranda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:07

    Toshkentdagi restoranda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi

    Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

    'Maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tili 21 mart kunidan boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2025 22:00

    Maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tili 21 mart kunidan boshlanadi

    IV o‘quv chorak darslari qachondan boshlanadi?

    'Piskentda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2025 09:20

    Piskentda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi

    Dastlabki taxminga ko‘ra, yuk mashina haydovchisi rulda uxlab qolgan.

    'Toshkentda avtobus chiroqlari o‘chirib qo‘yilib,  yo‘lovchilardan yo‘l kira uchun naqd pul talab qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2025 08:57

    Toshkentda avtobus chiroqlari o‘chirib qo‘yilib, yo‘lovchilardan yo‘l kira uchun naqd pul talab qilindi

    Haydovchi ishdan bo‘shatilib, sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

    'Tunda Toshkentdagi restoranlardan birida mushtlashuv sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2025 08:35

    Tunda Toshkentdagi restoranlardan birida mushtlashuv sodir bo‘ldi

    Ajratmoqchi bo‘lgan fuqaro yuzida lunji yirtilgan va bosh miya jarohati tashxisi bilan shifoxonaga olib ketilgan.