Angliyada malakali jarroh bo‘lmagan shifokor Mian Munavar Shoh 91 nafar bemorga noto‘g‘ri tibbiy muolaja qo‘llab, ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazgan. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.
Jabrlanganlardan biri, 51 yoshli Anjela Gloverning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda Uolsolldagi davlat shifoxonasida ishlagan Shoh uning yelkasiga noto‘g‘ri tashxis qo‘yib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Keyinchalik bemorning yelkasida jarrohlik talab etadigan jarohat yo‘qligi aniqlangan. Hozirda Glover doimiy og‘riqlardan aziyat chekadi va oddiy hayotiy faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Shoh tibbiy amaliyot uchun yetarli malakaga ega bo‘lmagan holda murakkab jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazgan. Kasalxona rahbari esa bemorlar va ularning oilalaridan kechirim so‘ragan. Ammo Shoh qanday jazoga tortilishi va jabrlanganlar moddiy kompensatsiya olgan-olmagani hozircha noma’lum.