AsosiyJamiyat

Toshkentdagi restoranda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

'Toshkentdagi restoranda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkentdagi restoranlardan birida erkak ayol kishining yonini olgan boshqa bir erkakni urib, komaga tushirib qo‘ygan edi. 

Ayni paytda poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, olib borilgan tergov harakatlari davomida 1995 yilda tug‘ilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi  ("Bezorilik") va 104-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish") bilan ayb e’lon qilinib "Qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Shukurov Qozog‘iston Respublikasida ushlandi. Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar