AsosiyDunyo

Uzoq kutilgan Tramp va Putin suhbati bo‘lib o‘tdi

Liderlar Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tinchlikka erishishni muhokama qilgan.

'Uzoq kutilgan Tramp va Putin suhbati bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

Kecha, 18 mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Ular Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tinchlikka erishish muhimligini muhokama qilishdi. Ikkala davlat rahbari bu mojaro tezroq hal qilinishi kerakligi borasida hamfikr ekanini ta’kidladilar.

Suhbat davomida Tramp va Putin AQSH hamda Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarurligini ta’kidlashdi. Urushda qurbon bo‘layotgan insonlar, sarflanayotgan resurslar ikki davlat xalqlarining farovonligiga yo‘naltirilsa maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

 Liderar tinchlik sari ilk qadam sifatida energetika va infratuzilma sohasida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olishdi. 

Suhbat chog‘ida prezidentlar Yaqin Sharqdagi mojarolarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi.

Har ikki rahbar ham AQSH va Rossiya o‘rtasida yaxshiroq munosabatlar o‘rnatish va ulkan imkoniyatlar yaratishni rejalashtirishdi. 

    Boshqa yangiliklar